Jahon

Rossiya G‘arb bilan urushga tayyorlanmoqda

Mamlakat Yevropada o‘z taʼsirini kengaytirishi mumkin.

Rossiya G‘arb bilan urushga tayyorlanmoqda

Rossiya G‘arb bilan urushga tayyorlanmoqda. Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) prezidenti Bruno Kal shunday fikr bildirdi.

 

“Rossiya G‘arb davlatlari bilan haqiqiy harbiy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda. Biroq bundan oldin NATO aʼzolari o‘rasida tarqoqlik yaratishga harakat qilishi mumkin”, — deya taʼkidladi Kal.

 

Uning fikriga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi o‘zining keng ko‘lamli hujumi oldidan NATO nizomining mustahkamligini tekshirishga qaratilgan mahalliy miqyosdagi operatsiyalarni amalga oshiradi.

 

“Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari NATO davlatlaridan birida “favqulodda vaziyat” yaratishni ko‘rib chiqmoqda. Bunda alyansning boshqa aʼzolari “tegishli munosabat bildirmaydi. Misol tariqasida, Norvegiyaning Svalbard arxipelagiga ehtimoliy “qisqa muddatli hujum” yoki “mahalliy rusiyzabon ozchiliklarni himoya qilish” bahonasida Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan to‘qnashuvni keltirish mumkin”, — deya aniqlik kiritdi BND rahbari.

 

Bruno Kalning qayd etishicha, agar bunday mojarolarda NATO Nizomining 5-moddasi qo‘llanilmasa, alyans mudofaa ittifoqi sifatida barbod bo‘ladi.

 

“Bu Rossiya Federatsiyasi tomonidan ko‘zlangan maqsad hisoblanadi. Agar yordam vaʼdasi samarasiz bo‘lsa, Rossiya tajovuzkor kuch siyosati orqali Yevropada o‘z taʼsirini kengaytirishi mumkin. 2030 yilga borib Rossiya G‘arb davlatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy qarama-qarshilik uchun yetarli resurslarga ega bo‘lishi mumkin”, — deb ogohlantirdi u.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ayrim amaldorlar ishdan olinishi mumkin

Sadir Japarov o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini erkin, adolatli va shaffof tashkil etish bo‘yicha farmon imzoladi.

custom img

AQSh Ukrainaga 400 mln dollar harbiy yordam ajratadi — Reuters

Yordam doirasidagi yetkazib berishlar 2029-yil oktabrigacha davom etishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"