Braziliya uchuvchisiz raketa uchirdi
Mamlakat fazoni zabt etuvchi mamlakatlar qatoriga qo‘shilmoqchi.

Braziliya shimoli-sharqida joylashgan Barreyra-du-Inferno kosmodromidan uchuvchisiz raketa parvoz qildi. Mamlakat harbiy-havo kuchlari Braziliya o‘z fazoviy texnologiyalarini ishlab chiqishga kirishgani haqida bayonot berdi.
VS-30 raketasi (uzunligi — 8 metr, og‘irligi — 1,5 tonna) fazoga muvaffaqiyatli ko‘tarilib, 2 daqiqa va 50 soniyadan so‘ng Atlantika okeaniga qulagan.
Bu “Potiguar” amaliyotining birinchi bosqichi. Ikkinchi bosqich 2025 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan. Bu bosqichda ham xuddi shunday raketa uchirilib, mikrogravitatsiya sharoitida suborbital platformani olib chiqish tizimi baholanadi.







