Gvineyadagi futbol uchrashuvida to‘qnashuv yuz berdi
Hodisa oqibatida o‘nlab odam halok bo‘lgan.

“Yakshanba kuni Gvineyaning ikkinchi yirik shahri Nzerekoreda futbol muxlislari o‘rtasidagi to‘qnashuvda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi”, deb xabar berdi France Press.
Shifokorlardan biri halok bo‘lganlar soni 100 dan ortgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmagan. Agentlik mahalliy morg va shifoxona to‘lib ketganini yozmoqda.
Voqea guvohlaridan biri France Press‘ga bergan intervyusida to‘qnashuvga hakamning “bahsli” qarori sabab bo‘lgani, shu sabab muxlislar maydonga tushganini aytgan.







