Olaf Shols Kiyevga tashrif buyurdi
U Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan.

DPA agentligining xabar berishicha, bu Germaniya kanslerining so‘nggi ikki yarim yil ichida Ukrainaga ilk marta kelishi hisoblanadi. Kiyevda Shols va Zelenskiy o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Noyabr oyi oxirida Ukraina prezidenti Germaniya kansleri bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Shols bilan "Ukrainaning o‘zini himoya qilish qobiliyatini yana-da kuchaytirishi mumkin bo‘lgan qatʼiy qo‘shma qadamlar"ni muhokama qilgan.







