Janubiy Koreyada Bosh vazir muvaqqat rahbar bo‘ldi
Mamlakatda prezidentning isteʼfosi talab qilinmoqda.

Janubiy Koreya Bosh vaziri Xan Doksu prezidentning isteʼfoga chiqishiga chaqiriqlar kuchayib borayotganidan keyin muvaqqat rahbar etib tayinlandi.
Janubiy Koreya konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident impichment eʼlon qilinmaguncha sud jarayonida o‘z vakolatlarini amalga oshirishi to‘xtatiladi. Bosh vazir muvaqqat rahbar lavozimini egallaydi.







