Suriya prezidenti Erdo‘g‘anning taklifini rad etdi
Turkiya rahbari muxolifat yurishlari haqida gapirdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya rahbari Bashar Asadga yordam taklif qilgani, ammo u buni qabul qilmaganini aytdi.
“Biz Bashar Asadga Suriya taqdirini birgalikda hal qilishni taklif qildik. Lekin ijobiy javob ololmadik” — Erdo‘g‘on Damashqdagi isyonchilarning hujumi haqida gapirarkan.
Turkiya prezidenti “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhining hujumini “muxolifat yurishi” deb atadi. Prezident Bashar al-Assadning muxoliflari allaqachon Halab va Hamani bosib olishga ulgurgan.







