Jahon

Tamaki sabab yiliga millionlab odamlar vafot etmoqda

JSST bu bo‘yicha yangi hisobotni eʼlon qildi.

Tamaki sabab yiliga millionlab odamlar vafot etmoqda

JSST tomonidan eʼlon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, tashkilotning Yevropa mintaqaviy byurosiga aʼzo mamlakatlarda 18 yoshdan yuqori aholining 179 million nafari va 13-15 yoshli o‘smirlarning 4 million nafari tamaki isteʼmol qiladi.

 

Ushbu zararli odat mintaqada yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan o‘lim holatlarining 18 foiziga sabab bo‘lyapti. Yaʼni bu davlatlarda tamaki isteʼmoli oqibatida yiliga 1,2 milliondan ortiq kishi hayotdan ko‘z yummoqda.

 

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi vakili Galen Galea fikricha, bunday salbiy o‘sish dinamikasi tamaki sanoati rivoji, jozibador reklamalar ko‘payib, qonuniy cheklovlar tobora susayib borayotgani bilan bog‘liq.

 

“Agar bu borada zarur choralar ko‘rilmasa, 2030 yilga borib, mintaqamiz tamaki isteʼmoli bo‘yicha dunyoda eng yuqori statistika qayd etishi mumkin”, — deb qo‘shimcha qildi ekspert.

 

vaholanki, Global harakatlar rejasiga muvofiq, mintaqa davlatlari 2025 yilga borib tamaki isteʼmolini 30 foizga kamaytirish majburiyatini olgan. Biroq bor-yo‘g‘i 11 ta mamlakat bu borada tizimli ravishda harakat qilmoqda.

 

Mavjud vaziyatni hisobga olib, JSST tegishli davlatlarni tamaki mahsulotlari isteʼmoli, ishlab chiqarilishi, realizatsiya va targ‘ibotini qatʼiy tartibga solishga chaqirdi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tamaki sabab yiliga millionlab odamlar vafot etmoqda | Zamon.uz