Jahon

Bashar Asad aviahalokatga uchragan bo‘lishi mumkin

Bortida Bashar Asad bo‘lgan samolyot radarlardan yo‘qolib qolgan.

Bashar Asad aviahalokatga uchragan bo‘lishi mumkin

Bu haqida Reuters agentligi Suriyadagi ikki manbasiga asoslanib xabar tarqatdi. Agentlik manbasi samolyot ekipaji transpondyorni ataylab o‘chirib qo‘ygan bo‘lishi va shu tufayli bort radarlardan yo‘qolgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmaydi.

 

"Bortida Bashar Asad bo‘lgan samolyot radarlardan yo‘qoldi, bu uning transponderi o‘chirilgani uchun bo‘lishi ham mumkin. Ammo men samolyot katta ehtimol bilan urib tushirilgan deb hisoblayman", — deya manbaning so‘zlarini keltirgan Reuters.

 

Agentlik Flightradar24 servisi maʼlumotlariga asoslanib, Damashq isyonchilar qo‘liga o‘tishidan biroz oldinroq Syrian Air aviakompaniyasining Il-76 rusumli samolyoti mahalliy vaqt bilan 8 dekabrda 4:55 da Suriya poytaxti aeroportidan uchib ketganini yozgan. Samolyot bortida kim bo‘lgani oxirigacha aniq emas. Bu prezident Bashar Asad bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

 

Samolyot avvaliga sharqqa, Iroq bilan chegara tomon uchgan, keyin esa birdaniga shimoli-g‘arbga burilib, mamlakatning Asadga moyil bo‘lgan alaviylar nazorati ostidagi, Rossiya harbiy bazalari joylashgan hududlari tomon ucha boshlagan, shundan keyin Homs yaqinida radarlardan yo‘qolib qolgan. Bu shaharni shu kunlarda isyonchilar o‘z nazoratiga olgandi. FlightRadar maʼlumotiga ko‘ra, radarlardan g‘oyib bo‘lishidan oldin samolyot parvozi balandligi va tezligi asta-sekinlik bilan 2,6 km va 64 km/soatgacha pasaygan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bashar Asad aviahalokatga uchragan bo‘lishi mumkin | Zamon.uz