O'zbekiston

Qashqadaryoda yangi universitet tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qashqadaryoda yangi universitet tashkil etiladi

Kecha, 10 dekabr kuni “Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

 

Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat ko‘rsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

 

2025/2026 o‘quv yilidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va atrof-muhit muhandisligi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash salmog‘i oshiriladi.

 

Talabalarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi.

 

Taʼlim xizmatlari markazi tashkil etib, talabalarga o‘qish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar bo‘yicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

 

Yuqoridagi OTMlarda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

custom img

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"