AQSH Ukrainaga 500 mln dollarlik harbiy yordam ajratadi
Bu haqida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi.

"Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning davom etayotgan hujumlaridan himoyalanayotgan ukrainalik hamkorlarini yana bir muhim paket doirasida shoshilinch zarur qurol va jihozlar bilan taʼminlamoqda", — dedi Entoni Blinken.
Vashington Kiyevga Rossiya agressiyasini qaytarish uchun HIMARS o‘q-dorilari, artilleriya o‘q-dorilari, uchuvchisiz uchish apparatlari, zirhli texnika va kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy hujumlardan himoya qilish uskunalarini topshiradi.
Aniqlik kiritilishicha, yordam AQSHning harbiy zaxiralari hisobidan ajratiladi.







