Jahon

Suriyaga yordam uchun havo ko‘prigi tashkil qilinadi

Dastlab 50 tonna tibbiy vositalar yuboriladi.

Suriyaga yordam uchun havo ko‘prigi tashkil qilinadi

Yevropa Ittifoqi Suriyaga insonparvarlik yordami uchun havo ko‘prigi tashkil qiladi.

 

"Yordamning birinchi partiyasida 50 tonna tibbiy vositalar Dubaydagi omborlardan Turkiya orqali yetkaziladi. Suriyaga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasi Daniyadan keltiriladi – unda oziq-ovqat, dori-darmon va vaqtinchalik turar joy uchun materiallar bo‘ladi", —  dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

 

Bu Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin Yevropa Ittifoqi tomonidan Suriyaga ko‘rsatilgan ilk insonparvarlik yordamidir. 2024 yil oxirigacha Yevropaning Suriyaga insonparvarlik yordami hajmi 163 million yevroni tashkil qilishi rejalashtirilgan.

 

"Rossiya Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Suriyaga bug‘doy yetkazib berishni to‘xtatdi. Rossiya eksportchilari mamlakatdagi siyosiy beqarorlik va to‘lovning kechikishi ehtimolidan xavotirda", deb yozadi Reuters.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Suriyaga yordam uchun havo ko‘prigi tashkil qilinadi | Zamon.uz