Rossiya yaqin o‘n yillikda NATO‘ga aʼzo davlatga hujum qilishi mumkin
Bu haqida Bundestagning mudofaa qo‘mitasi rahbari aytib o‘tdi.

Mari-Agnes Shtrak-Simmermann Germaniyaning kelajakdagi hukumatini mudofaa sohasiga investitsiyalarni sezilarli darajada oshirishga chaqirdi. U buni Rossiyaning ushbu o‘n yillikda NATO‘ga aʼzo davlatga hujum qilish xavfi, shuningdek, AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Yevropa xavfsizligini kafolatlamaslik tahdidi bilan izohladi.
"Yevropa bizdan ko‘proq harakat qilishimizni kutmoqda. Agar NATO‘ning yangi bosh kotibi Mark Ryutte mudofaa xarajatlarini YAIMning uch foiziga yetkazish maqsadini belgilasa, biz buni amalga oshiramiz", — deya taʼkidladi Shtrak-Simmermann.







