O'zbekiston

Senat kosmik faoliyat to‘g‘risidagi qonunni maʼqulladi

U orqali kosmik faoliyat sohasi tartibga solinadi.

Senat kosmik faoliyat to‘g‘risidagi qonunni maʼqulladi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida "Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun maʼqullandi.

 

Qonun kosmik faoliyatning asosiy tushunchalari va tamoyillarini, uni amalga oshirish maqsadlarini, kosmik faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va unga qarashli Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Mudofaa vazirligining kosmik faoliyat sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda.

 

Senatorlarning taʼkidlashicha, qonunning qabul qilinishi natijasida kosmik faoliyat sohasi tartibga solinadi, masʼul organlar, ularning vakolatlari va majburiyatlari aniq belgilanadi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olishda kosmik faoliyatni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari yaratiladi.

 

"Bu bizga mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, yer munosabatlari, geologiya, seysmik xavfsizlik, transport, qishloq, o‘rmon, suv va yo‘l xo‘jaligi sohalarida faoliyatimizni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi," - deya taʼkidlashdi senatorlar.

 

Xususan, qonun bilan kosmik fazoni ilmiy tadqiq etish, kosmik tizimlarning turlari, yaʼni Yerni masofadan zondlash, kosmik monitoring, kosmik aloqa tizimi, yuqori aniqlikdagi sunʼiy yo‘ldosh navigatsiyasi tizimi va boshqa masalalar nazarda tutilmoqda. Hujjat kosmik obyektlarni markirovkalash va ijaraga berish, kosmik obyektlar va texnik vositalarni utilizatsiya qilish, kosmik infratuzilma va faoliyat xavfsizligi, faoliyatni moliyalashtirish asoslari va xalqaro hamkorlik masalalarini belgilaydi.

 

Qonunda ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, mudofaa, xavfsizlik va boshqa sohalardagi maqsadlarga erishish, shuningdek, kosmik faoliyatning atrof-muhitga, tabiiy resurslarga va aholi sog‘lig‘iga taʼsirini nazorat qilish uchun kosmik texnologiyalar yordamida kosmik makon va Yerni tadqiq etish va ulardan foydalanish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"