Jahon

Pokistonda hukumatga qarshi hujum uyushtirildi

Oqibatda o‘ndan ortiq harbiy halok bo‘lgan.

Pokistonda hukumatga qarshi hujum uyushtirildi

Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida hukumatga qarshi jangari guruhlar tomonidan harbiylar qo‘riqlayotgan nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirildi. Oqibatida kamida 16 nafar pokistonlik harbiy halok bo‘ldi, 5 nafari og‘ir yaralandi.

 

Hodisa bugun, 21 dekabr kuni tungi vaqtda Afg‘oniston chegarasidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Makin tumanida sodir bo‘lgan. Hujumda 30 nafar jangari ishtirok etgan va ular bilan jang bir necha soat davom etgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, jangarilar nazorat-o‘tkazish punktini egallab, u yerda joylashgan aloqa uskunalarini yo‘q qilishga va qurollarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"