Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqchi
Trampning yordamchilari uning rejalarini ochiqladi.

Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimiga kirishgach, Ukrainaga yordam berishda davom etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Financial Times nashri xabar berdi.
Bundan tashqari, Tramp NATO aʼzolaridan mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshirishni talab qilmoqchi. Muzokaralardan xabardor odamlar jurnalistlarga maʼlum qilishicha, AQSH saylangan prezidentining tashqi siyosatdagi eng yaqin yordamchilari shu oydagi maslahatlashuvlar chog‘ida Yevropaning yuqori martabali amaldorlariga uning pozitsiyasi haqida maʼlumot berishgan.
Qo‘shma Shtatlar bu mavzuni 2025 yil iyun oyida Haagada bo‘lib o‘tadigan Shimoliy Atlantika alyansi sammitida muhokama qilmoqchi.







