Bokudan Grozniyga uchayotgan samolyot halokatga uchradi
Hozirda jabrlanganlar haqida maʼlumotlar yo‘q.

Ozarbayjonning Boku shahridan Grozniyga uchayotgan samolyot Aktau shahriga qulab tushdi. Samolyotning Aktauga qulashi aks etgan lavhalar mahalliy OAVda eʼlon qilinmoqda.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 52 nafar shaxsiy tarkibi va 11 ta texnika samolyot qulagan joyga yetib kelgan.
Hozirda jabrlanganlar haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritilmoqda, tirik qolganlar haqida xabar berilmoqda.







