Jahon

Qozog‘istonda samolyot qulashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bu haqida Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘istonda samolyot qulashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Qozog‘istonning Oqtau shahridagi aeroport hududida yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi bo‘yicha Ozarbayjonda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqida Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, "Azərbaycan Hava Yolları" aviakompaniyasiga tegishli samolyotning Aqtauda halokatga uchrashi bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 262,3-moddasi (havo transporti harakati xavfsizligi va foydalanish qoidalarini buzish oqibatida ehtiyotsizlik bilan ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lish) va 314,3-moddasi (e’tiborsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovni olib borish Bosh prokuratura Tergov boshqarmasiga topshirilgan.

 

Jinoyat ishi doirasidagi tergov jarayonlarini olib borish uchun Bosh prokuror o‘rinbosari Elmar Jamalov boshchiligidagi tergov guruhi Qozog‘iston Respublikasiga yuborilgan. Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tergov va boshqa zarur prosessual harakatlarni amalga oshirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Xalqaro huquqiy yordam haqida iltimosnoma yuborilgan.

 

“Halokat sabablarini o‘rganish va zudlik bilan choralar ko‘rish maqsadida tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi samolyot halokati natijasida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi hamda jarohat olganlarning tezroq sog‘ayishini tilaydi”, - deyiladi xabarda.

 

Shu bilan birga, Qozog‘istonning Transport polisiyasi departamenti Jinoyat kodeksining 344-moddasi 3-qismi (Transport vositasidan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish oqibatida ehtiyotsizlik bilan ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lish) bo‘yicha dastlabki tergov ishlarini boshlagan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"