O'zbekiston

2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i oshirilmaydi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i oshirilmaydi

“Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

 

Farmonga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i stavkalari 2028 yil 1 yanvargacha oshirilmasligi belgilandi.

 

2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargacha tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va belgilangan shartlarga javob beradigan tadbirkorlar uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi.

 

2025 yil 1 apreldan daromadidan qatʼi nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQSni to‘lovchilar deb eʼtirof etiladi.

 

Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilinadi.

 

Markaz tadbirkorlarga xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlar ko‘rsatadi.

 

2025 yilda aylanma mablag‘larini to‘ldirishga ajratiladigan kreditlar uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (Kompaniya) 100 million AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

 

2025 yil 1 yanvardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash loyihalari hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun Kompaniya resurslari hisobidan milliy valyutada revolver kreditlar ajratiladi.

 

2025 yil 1 yanvardan bojxona chegarasidan olib chiqiladigan har bir kilogramm paxta ip-kalavasi uchun yig‘im uning eksport narxidan 2 foiz miqdorda, biroq 0,05 AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi.

 

Bojxona chegarasidan olib chiqiladigan har bir kilogramm trikotaj mato uchun yig‘im uning eksport narxidan 1 foiz miqdorda o‘rnatiladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"