Ilhom Aliyev Moskvani tovon to‘lashga chaqirdi
“Bu bizning shartlarimizdir”, dedi Ozarbayjon prezidenti.

Ozarbayjon prezidentining so‘zlariga ko‘ra, samolyot qulaganining yakuniy versiyasi qora qutilar tahlilidan keyin maʼlum bo‘ladi. Ammo dastlabki versiyalar ham juda asosli va faktlarga asoslangan.
“Faktlar shundan iboratki, fuqarolik samolyotimiz Rossiya hududi, Grozniy shahri yaqinida zarar ko‘rgan va deyarli boshqaruvni yo‘qotgan”, dedi Aliyev Ozarbayjon televideniyesiga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u albatta, samolyot ataylab urib tushirilmaganini taʼkidladi.
Aliyevga ko‘ra, Boku Moskvadan AZAL samolyoti halokati bilan bog‘liq vaziyatda “aybga iqror bo‘lishni, aybdorlarni jazolashni va tovon to‘lashni” talab qilmoqda.
“Bu bizning shartlarimizdir”, — dedi Ozarboyjon prezidenti.
“Bizni xafa qilgan va hayratga solgan lahzalardan biri shu bo‘ldiki, Rossiya rasmiy tuzilmalari qandaydir gaz ballonining portlashi haqidagi versiyalarni ilgari surdi, yaʼni Rossiya tomoni bu masalani bosti-bosti qilmoqchi bo‘ldi. Bu ishlar sizga hech qanday sharaf keltirmaydi”, deya yakunlagan so‘zini Aliyev.







