Afg‘onistonda ayollarga derazadan qarash taqiqlandi
Mamlakatda uy derazalarini loyihalash va qurishni tartibga keltiruvchi farmon qabul qilindi.

Afg‘oniston Islom Amirligi oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda farmoni bilan ayollarga uylarning derazalaridan qarash taqiqlandi.
Qabul qilingan farmon bilan ayollar ko‘rinmasligi uchun xonadonlardagi derazalar va shamollatish teshiklarini loyihalash va qurishni tartibga solindi.
Hujjatga ko‘ra, afg‘on aholisining uylaridagi derazalar qo‘shni uylardan ayollar ko‘rinmaydigan qilib o‘rnatilishi kerak.
Agar deraza boshqa turar-joy binosiga qaragan bo‘lsa, uning oldiga odam balandligidagi devor qurish yoki “qo‘shniga boshqa yo‘l bilan zarar yetkazmaslik”ni taʼminlash zarurligi taʼkidlangan.
11 oktyabr kuni BMT Bosh kotibining maxsus vakili Roza Otunboyeva Afg‘oniston hukumatini 12 yoshdan oshgan qizlarning o‘qishini taqiqlovchi siyosatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.







