AQSHning 39-prezidenti vafot etdi
U 100 yoshga to‘lgan yagona AQSH prezidenti edi.

AQSHning 39-prezidenti Jimmi Karter 100 yoshida vafot etdi. Bu haqida The Washington Post xabar qildi.
Sobiq prezidentning o‘g‘li Jeyms Karter otasining o‘limini tasdiqladi, biroq sababini oshkor etmadi. So‘nggi yillarda Karter teri saratonining agressiv shakli bilan kurashyotgan edi.
Jimmi Karter AQSHning sobiq prezidenti bo‘lib, mamlakatni 1977—1981 yillarda boshqargan. U tinchlikparvar prezident sifatida nom qozondi, chunki uning davrida Isroil va Misr o‘rtasida Kemp Devid kelishuvlari imzolangan.
Karter 100 yoshga to‘lgan AQSHning yagona prezidenti bo‘ldi. U saraton kasalligi bilan kurashganligi sababli 2023 yil fevral oyidan beri davolanayotgan edi.







