Jahon

Janubiy Koreyaning yana bir samolyotida muammo chiqdi

Shu sababli uchuvchilar aeroportga qaytishga qaror qilgan.

Janubiy Koreyaning yana bir samolyotida muammo chiqdi

Janubiy Koreyaning Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli yana bir samolyotda shassi bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi. Bu haqida Yonhap agentligi xabar berdi.

 

Agentlikning yozishicha, Chejudan uchgan samolyot ekipaji parvozdan ko‘p o‘tmay shassi bilan bog‘liq muammoni aniqlagan. Shu sababli uchuvchilar aeroportga qaytishga qaror qilgan.

 

"Mazkur reys 29 dekabr kuni halokatga uchragan samolyotga o‘xshash Boeing 737-800 modeli tomonidan amalga oshirilgan. Hodisa natijasida hech kim jarohat olmadi, samolyot muvaffaqiyatli ravishda uchish aeroportiga qaytib qo‘ndi", deb yozadi Yonhap.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha Bangkokdan uchib kelgan Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot Muan aeroportiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan edi. Samolyot bortida 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj aʼzosi bo‘lgan, ulardan 179 nafari halok bo‘ldi. Halokatga sabab shassi bilan bog‘liq nosozlik yoki qushlar bilan to‘qnashuv bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Janubiy Koreyaning yana bir samolyotida muammo chiqdi | Zamon.uz