Falastin hududida Al Jazeera faoliyati to‘xtatildi
Telekanal fitna tarqatishda ayblanmoqda.

Falastin rasmiylari telekanalni "fitna tarqatish va ichki ishlarga aralashish"da aybladi. Hukumat Al Jazeera Falastindagi huquqiy maqomi hal etilmaguncha o‘z faoliyatini to‘xtatishi kerakligini maʼlum qildi.
Al Jazeera bu harakatni "tanqidiy masalalarni yoritishga to‘sqinlik qilish" sifatida qoralab, xavfsizlik kuchlari telekanal faoliyatini to‘xtatib qo‘yish uchun o‘z ofisiga kirganini bildirdi.







