Jahon

Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzilishi mumkin

Zelenskiy Rossiya bosib olingan hududlarni nazorat qilishiga rozi bo‘lishi kutilmoqda.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzilishi mumkin

Financial Times prognozlariga ko‘ra, Rossiya 2025 yilda keskinroq sanksiyalar tahdidi ostida Ukraina bilan tinchlik shartnomasi tuzadi.

 

Nashrning fikricha, kelishuvga erishish uchun AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi kerak bo‘ladi.

 

FT Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bosib olingan hududlarni nazorat qilishiga rozi bo‘lishini kutmoqda. Buning evaziga u AQSH ko‘magida Yevropa xavfsizligi kafolatlarini so‘raydi va Ukrainaning NATOga kirishi muzlatiladi.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Qurolli kuchlarining LXR va DXR hududlari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan olib chiqilishini harbiy harakatlarni to‘xtatish sharti deb atadi. Shuningdek, u Ukrainadan NATOga kirishdan bosh tortishni talab qilmoqda.

 

Dekabr oyida Donald Tramp Putin bilan uchrashish va Ukraina mojarosiga barham berish variantlarini muhokama qilish niyatida ekanligini maʼlum qilgan edi.

 

30 dekabr kuni Kreml harbiy harakatlarni tugatish uchun hech qanday harakatlar yo‘qligini maʼlum qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzilishi mumkin | Zamon.uz