Marokashda 50 yil ichida ilk marta qor yog‘di
Qor qoplami 35-40 santimetrga yetgan.

Marokashda 50 yil ichida birinchi marta qor yog‘di. Bu haqida Maghreb Arab Press nashri xabar bermoqda.
Noodatiy ob-havo sharoiti mamlakatning markaziy, janubi-sharqiy va janubiy viloyatlarga qor, jala va past harorat olib keldi. Ayrim hududlarda qor qoplami 35-40 santimetrga yetdi.







