Ukraina Xalqaro jinoiy sudning to‘laqonli aʼzosiga aylandi
Mamlakat ishtirokchi-davlatlarga yuklangan barcha huquq va majburiyatlarga ega.

Ukraina 2025 yil 1 yanvarda rasman Xalqaro jinoiy sudning 125-mamlakatiga aylandi. Bu shuni anglatadiki, u hozirda ushbu xalqaro shartnomaning to‘laqonli ishtirokchisi bo‘lib, ishtirokchi-davlatlarga yuklangan barcha huquq va majburiyatlarga ega.
Ulardan eng muhimi byudjetni tasdiqlashda, Rim statutiga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritishda, sudyalar, bo‘lajak prokuror va uning o‘rinbosarlarini tanlashda ovoz berish huquqidir, bu maʼlum darajada xalqaro jinoyat huquqining kelajagini shakllantirishga yordam beradi.
Ukraina Oliy Radasi 2024 yil 21 avgust kuni Rim statutini ratifikatsiya qilgan edi.







