Pokiston va Afg‘oniston chegarasi notinch
Ikki davlat chegarasida bir haftadan ortiq vaqt davomida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

Bild nashrining maʼlum qilishicha, 24 dekabr kuni Pokiston Afg‘onistonning sharqiy qismiga aviazarba berishi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi. Pokiston aviazarbalarning maqsadi "terroristlar boshpanalari" (pokistonlik toliblar) bo‘lganini taʼkidladi. Afg‘oniston hukumati esa, qurbonlarning ko‘pchiligi ayollar va bolalar ekanini maʼlum qildi.
Shundan so‘ng, afg‘on toliblari chegara hududiga harbiy texnika va 15 ming askar jo‘natib, Pokistonning chegaradagi bir nechta pozitsiyalariga hujum qildi.
"Ularning yadro quroliga ega ekani bizni qiziqtirmaydi", — dedi “Tolibon”ning yuqori martabali vakili The Telegraph nashriga.
Bild nashri hozirda Pokiston ham, Afg‘onistonda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan “Tolibon” ham yon bosmoqchi emasligini bildirdi.







