Jahon

Yevropa qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Yevropa Ittifoqi esa suv inqirozidan chiqish harakatlari o‘rniga energiya xavfsizligiga eʼtibor qaratmoqda.

Yevropa qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Yevropa Ittifoqi suv tanqisligini tezda bartaraf etishi va suv quvurlarini tuzatish ishlarini moliyalashtirishning yangi usullarini topishi kerak. Bu haqida Atrof-muhit bo‘yicha Yevropa komissari Jessika Rosvall Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

 

Rosvallning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi urushi boshlanganidan so‘ng, YI suv taʼminoti inqirozini yengish bo‘yicha saʼy-harakatlar o‘rniga energetika xavfsizligini taʼminlashga eʼtibor qaratgan.

 

"Biz suv haqida juda kam va energiya samaradorligi va energiya haqida ko‘p gapiryapmiz ... Bu, albatta, juda muhim, lekin suv ham juda muhim va Yevropada u yetarli emas.

 

Biznes buni endi tushunmoqda, chunki Yevropada qurg‘oqchilik bo‘ldi va biz atom elektr stansiyalari ishlamayotganini, transport katta daryolar bo‘ylab yurolmayotganini ko‘ryapmiz", — deya qo‘shimcha qildi Rosvall sodir bo‘layotgan voqealarga zudlik bilan munosabat bildirish zarurligini aytib.

 

Yevropa atrof-muhit agentligi tomonidan oktyabr oyida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hududining beshdan biri va aholisining deyarli uchdan bir qismi har yili suv tanqisligidan aziyat chekadi. Butunjahon meteorologiya tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida qurg‘oqchilik soni va jiddiyligi ham keskin oshgan. 1976 yildan 2006 yilgacha ushbu o‘zgarishlardan zarar ko‘rgan maydonlar va aholi soni deyarli 20 foizga oshdi.

 

Fermerlar hosildorlikning keskin pasayishiga duch kelishmoqda. Bu tendensiya sanoatda ham o‘z aksini topdi, to‘qimachilikdan tortib vodorod ishlab chiqarishgacha, unda elektroliz jarayonida suv ishlatiladi.

 

Qishloq xo‘jaligi va sanoatga yuk ortib borayotganiga qaramay, Yevropa Ittifoqi quvurlar holatini yetarlicha nazorat qilmayapti, dedi Rosvall. Yevrokomissiya maʼlumotlariga ko‘ra, ular orqali yetkaziladigan suvning deyarli to‘rtdan bir qismi tarqatish vaqtida yo‘qotiladi.

 

Yevropa komissarining so‘zlariga ko‘ra, quvurlarni taʼmirlash va yangi tozalash inshootlarini yaratish uchun "moliyalashtirishning yangi innovatsion usullarini izlash" kerak.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Yevropa qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda | Zamon.uz