Filippinda pirotexnika 771 kishiga ziyon yetkazdi
Shuningdek, uch kishi shu sabab halok bo‘lgan.

Filippinda Rojdestvo va Yangi yil bayramlari munosabati bilan otilgan paqildoqlar taʼsirida uch kishi halok bo‘ldi.
Shu bilan birga joriy sanalar davrida mushakbozlik bilan bog‘liq jabrlanganlar soni ham oshdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib, yetakchi axborot agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilganidek, 2024 yil 22 dekabrdan 2025 yil 4 yanvargacha qayd etilgan jarohatlar soni 771 tani tashkil etdi. Aziyat chekkanlarning 453 nafari 19 yoshga yetmagan o‘smirlar.







