Isroil va HAMAS sulh bo‘yicha kelishuvga erishdi
Kelishuv doirasida ikki tomon mahbus almashadi.

Kelishuv imzolanganini bir qancha arab ommaviy axborot vositalari va AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp ham maʼlum qildi.
Bitimning olti hafta davom etishi rejalashtirilgan birinchi bosqichida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etiladi. HAMAS 33 nafar isroillik garovga olingan shaxsni, jumladan barcha ayollarni, bolalarni va 50 yoshdan oshgan erkaklarni ozod qiladi.
Har bir ozod etilgan isroillik fuqaro evaziga, Isroil qamoqxonalaridan 30 nafar falastinlik mahbusni ozod qilinadi, harbiy xizmatchilar evaziga esa 50 nafardan falastinlik mahbus qo‘yib yuboriladi.
Bundan tashqari, har kuni G‘azo sektoriga 600 ta gumanitar yordam ortilgan yuk mashinasi kirib kelishiga ruxsat beriladi. Kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralar birinchi bosqichning 16 kuniga kelib boshlanishi kerak







