Jahon

AQSH Xitoyning 37 ta kompaniyasiga sanksiya kiritdi

Bu Xitoyda majburiy muhnatdan foydalanish bilan bog‘liq.

AQSH Xitoyning 37 ta kompaniyasiga sanksiya kiritdi

AQSH ichki xavfsizlik vazirligi (DHS) Xitoyda majburiy mehnatdan foydalanishni taqiqlashga qaratilgan qonun (UFLPA) doirasida yana 37 ta Xitoy kompaniyasini mahsulot importi taqiqlangan ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatiga kiritdi.

 

2022 yilda tuzilgan mazkur ro‘yxatda endi jami 144 ta korxona mavjud. Sanksiyalar tekstil, quyosh panellari ishlab chiqaruvchilari va tog‘-kon sanoati kompaniyalarini qamrab oladi. Ular orasida Zijin Mining Group, Donghai JA Solar Technology, Hongyuan Green Energy va Huafu Fashion kompaniyalari, shuningdek, ushbu kompaniyaning 25 ta shoʻba korxonasi bor.

 

2022 yil iyunida kuchga kirgan UFLPA qonuni Xitoy, xususan, Sinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida majburiy mehnat va inson huquqlari buzilishlariga qarshi kurashishni maqsad qilgan.

 

Ushbu qonun qabul qilinishi natijasida ko‘plab kompaniyalar o‘z mahsulot yetkazib berish tarmoqlarini qayta tekshirishga majbur bo‘ldi. AQSH bojxona va chegara nazorati xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, qonun qabul qilinganidan buyon umumiy qiymati $3,68 milliardga teng mahsulotlar mamlakatga kiritilishi taqiqlangan yoki to‘xtatilgan.

 

Mazkur chora-tadbirlar Xitoyning ishlab chiqaruvchi kompaniyalari mahsulotlari xalqaro bozorga chiqish jarayoniga jiddiy taʼsir ko‘rsatishi kutilmoqda.

 

Kamola Odilova tayyorladi

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"