Jahon

Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Zaporojega hujum qildi

Oqibatda qurbon bo‘lganlar va yaradorlar bor.

Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Zaporojega hujum qildi

18 yanvar kuni tongda Rossiyaning Kiyevga qilgan hujumi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida shahar harbiy maʼmuriyati rahbari Timur Tkachenko maʼlum qildi.

 

“Rossiya raketalari va dronlari hujumiga uchragan Ukraina poytaxtida yong‘inlar, turar joy binosi, suv taʼminoti quvuri va “Lukyanovskaya” metro bekatiga zarar yetdi. Portlashlardan so‘ng metro bekati yopildi”, — deya maʼlum qildi Kiyev meri Vitaliy Klichko.

 

Bundan tashqari, bugun tongda Rossiya Zaporojega ham raketa hujumi uyushtirdi.

 

Viloyat harbiy maʼmuriyati rahbari Ivan Fyodorovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hujumi natijasida 10 kishi yaralangan, ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan. Zarbalar oqibatida turar joy binolariga zarar yetkazilgan.

 

“O‘tgan bir sutka mobaynida Rossiya qo‘shinlari Zaporoje viloyatining to‘qqizta aholi punktiga 241 marta turli qurollar bilan hujum qildi”, — deya qo‘shimcha qildi Fyodorov.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Zaporojega hujum qildi | Zamon.uz