Jahon

Durov Telegram‘da moderatsiyani yaxshilashga vaʼda berdi

So‘nggi oylarda Telegram‘da jinoyatchilar faoliyati kuchaygan.

Durov Telegram‘da moderatsiyani yaxshilashga vaʼda berdi

"2024 yil 6 dekabrda bo‘lib o‘tgan Fransiyadagi sud majlisida messenjer asoschisi Telegram har oy qonunbuzarliklar uchun 15-20 million akkauntni o‘chirib tashlashini bildirgan. Shuningdek, Durov so‘nggi yarim yil davomida platforma rahbariyati huquq-tartibot organlari bilan faol hamkorlik qilib, turli mamlakatlar hukumatlariga 10 ming nafar foydalanuvchining maʼlumotlarini topshirganini maʼlum qildi", deya xabar bermoqda France Info sud majlisi bayonnomasiga tayanib.

 

"Telegram jinoyatchilar uchun platforma vazifasini bajarish uchun yaratilmagan", — deya taʼkidlagan Durov.

 

Pavel Durov Fransiyada Telegram‘ni yetarli darajada moderatsiya qilmaslik va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda. Fransuz tergovchilariga ko‘ra, bu Durovni bolalar pornografiyasini tarqatish, giyohvand moddalar savdosi va firibgarlik kabi jinoyatlarda sheriklikda ayblashga imkon beradi.

 

Sudyalar 2017 yildan 2024 yilgacha Telegram orqali sodir etilgan jinoyatlarga aloqador taxminan 2 ming jinoiy ish qo‘zg‘atilganini maʼlum qildi. Fransiya huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, so‘nggi oylarda Telegram‘da jinoyatchilar faoliyati kuchaygan.

custom img

“Hormuz bo‘g‘ozi Eronniki bo‘lib qoladi” — Eron

Eron Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilish haqidagi bayonotiga javob berdi

custom img

Rossiya yozda Ukrainaning 19 ta aholi punktini egallaganini bildirdi

Mudofaa vazirligi Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlaridagi aholi punktlari egallanganini ma’lum qilgan.

custom img

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

Jarohatlanganlarga esa jarohat darajasiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha kompensatsiya to‘lanadi.

custom img

Tramp Kamala Xarrisni yana prezidentlikka nomzod ko‘rsatishni taklif qildi

U Xarrisning Bayden ma’muriyatidagi faoliyatini, jumladan, chegara siyosatidagi rolini tanqid qildi.

custom img

Kolumbiyada kon portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Tekshiruvdan avval konda xavfsizlik talablari buzilgani aniqlangan va uning faoliyatini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgan.

custom img

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi sifatida e’lon qilmoqchi

Eron esa Vashingtonning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatishiga qarshi ekanini bildirdi.

custom img

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

7,7 magnitudali zilziladan so‘ng 6,2 magnitudagacha bo‘lgan takroriy silkinishlar qayd etildi.

custom img

Ispaniyada quyosh tutilishini kuzatgan 500 dan ortiq kishi shifokorga murojaat qildi

Fuqarolar bosh aylanishi, holsizlik, yengil jarohatlar va ko‘zlardagi noqulayliklardan shikoyat qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"