Jahon

Yer yuzida halokatli megazilzila kutilmoqda

Unda qurbonlar soni 320 mingdan oshishi mumkin.

Yer yuzida halokatli megazilzila kutilmoqda

Geologlar va seysmologlarning taxminiga ko‘ra, keyingi eng katta zilzila yaqin o‘n yilliklarda sodir bo‘lishi mumkin.

 

Geologlar va seysmologlar yaqin 30 yil ichida Yer yuzida halokatli megazilzila sodir bo‘lishi ehtimolini 80 foiz deb baholamoqda. Bu zilzila Yaponiyaning eng katta oroli Xonsyu janubidan o‘tuvchi 900 kilometr uzunlikdagi Nankay jarligida yuz berishi mumkin. Ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, bu hududda 79 yil avval 8,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan va bu tabiiy ofat katta talafotlarga olib kelgan edi.

 

Nankay jarligi Yevrosiyo va Filippin tektonik plitalarining to‘qnashgan hududi bo‘lib, seysmik faollikning markaziy nuqtasi hisoblanadi. Bu yerda plitalarning bir-biriga botishi natijasida ulkan miqdordagi energiya ajralib chiqadi. Olimlar taʼkidlashicha, ushbu hududda sodir bo‘lishi kutilayotgan megazilzila oldingi ofatlardan ham kattaroq talafot keltirishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, 1946 yilgi zilzilada 1362 kishi halok bo‘lgan, 36 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan, va sunamilar 6 metrgacha balandlikka yetgan edi.

 

Nankay jarligidagi ehtimoliy zilzilaning kuchi 2011 yildagi Buyuk sharqiy Yaponiya zilzilasidan ham kattaroq bo‘lishi, qurbonlar soni esa 320 mingdan oshishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Yapon hukumatining fikricha, ushbu jarayonga qarshi kurash strategiyasi milliy xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

 

Mutaxassislar ushbu hududdagi zilzilalar statistik jihatdan har 90-150 yilda sodir bo‘lishini aytmoqda. Biroq zamonaviy texnologiyalar va kuzatuvlarga qaramay, zilzila vaqtini oldindan aniq aytish haligacha mushkul vazifa bo‘lib qolmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Yer yuzida halokatli megazilzila kutilmoqda | Zamon.uz