Jahon

Qora dengiz nomi “Rus dengizi”ga o‘zgartirilishi mumkin

Rossiyalik deputat shunday taklifni ilgari surmoqda.

Qora dengiz nomi “Rus dengizi”ga o‘zgartirilishi mumkin

Saratov viloyat dumasi deputati Denis Bulanov Qora dengiz nomini “Rus dengizi”ga o‘zgartirishni taklif qildi. U dengiz rus dengizi nomi bilan tilga olingan qadimgi rus va Yevropa arxivlariga tayanib, ushbu tashabbus bilan chiqqan. 

 

Bulanovning so‘zlariga ko‘ra, joy nomlarini qayta ko‘rib chiqish g‘oyasi butun dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Uning fikricha, bu mamlakatlarning tarixiy va madaniy o‘ziga xosligini taʼkidlash istagini aks ettiradi.

 

“Shu nuqtayi nazardan qora dengizga uning eski nomi — Rus dengizini qaytarish haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak”, deb yozadi u.

 

Avvalroq AQSH prezidenti lavozimiga kirishgan Donald Tramp Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomlash jarayonini boshlash haqida aytib o‘tgandi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"