Jahon

Trampning gaplari Janubiy Koreyani g‘azablantirdi

Avvalroq u Shimoliy Koreyani “yadroviy davlat” deb atagandi.

Trampning gaplari Janubiy Koreyani g‘azablantirdi

Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi Trampning Shimoliy Koreya “yadroviy kuch” ekanligi haqidagi so‘zlaridan g‘azablandi.

 

Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi AQSH prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya yadroviy kuch ekanligi haqidagi so‘zlarini qoraladi. Bu Seul va Vashington o‘rtasidagi keyingi munosabatlar haqidagi xavotirni uyg‘otdi.

 

“Shimoliy Koreyaning yadrosizlanishi xalqaro hamjamiyat, jumladan, Janubiy Koreya va AQSH amal qiladigan doimiy tamoyil bo‘lib qolmoqda”, dedi Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi vakili.

 

Departament Shimoliy Koreyani yadroviy qurolga ega davlat sifatida tan olinmasligi kerakligini taʼkidladi.

 

O‘tgan yilning noyabr oyida G7 davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari Shimoliy Koreyaning raketa sinovlarini qoralab, Pxenyan o‘zining noqonuniy yadroviy va raketa arsenalini doimiy ravishda mustahkamlashda davom etayotganini aytishgandi. G7 davlatlari Pxenyandan yadro qurollari, yadroviy dasturlar, ommaviy qirg‘in qurollari va ballistik raketalar bilan bog‘liq barcha boshqa dasturlardan butunlay voz kechishni talab qilib, Koreya yarimorolini to‘liq yadrosizlantirishga chaqirdi.

 

Ilgari AQSH Rossiyani yagona teng huquqli “yadroviy dushman” deb atagan edi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Trampning gaplari Janubiy Koreyani g‘azablantirdi | Zamon.uz