Turkiyada yonib ketgan mehmonxona buzilmoqda
Hodisa oqibatida 79 kishi halok bo‘lgandi.

Turkiya hukumati yong‘in paytida 79 kishi halok bo‘lgan Grand Kartal mehmonxonasini buzishga qaror qildi.
Qaror binoni tekshirish natijalarini olgandan keyin qabul qilindi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mehmonxonaning asosiy yuk ko‘taruvchi ustunlari jiddiy shikastlangan va bino yaroqsiz holga kelgan. Keyinchalik hududni qayta tashkil etish va boshqa maqsadlarda foydalanish rejalashtirilgan. Maʼlumotlarda ko‘ra, buzilishning boshlanish vaqti yaqin kunlarda eʼlon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Bolu provinsiyasidagi tog‘-chang‘i kurortida joylashgan mehmonxonada yong‘in 22 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lgandi. Mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayning so‘zlariga ko‘ra, 12 qavatli yog‘och mehmonxonaning restoran qismida yong‘in sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga taxminan 40-45 daqiqadan so‘ng yetib kelishgan va uzoq vaqt davomida olovni o‘chira olishmagan.
Odamlar evakuatsiya qilingan, baʼzilari derazadan sakrab omon qolishga harakat qilishgan. Yong‘in oqibatida jami 79 kishi halok bo‘ldi va 51 kishi yaralangan.
Komila Odilova tayyorladi







