O'zbekiston

O‘zbekistonda smart issiqxonalar qurilishi mumkin

Bu haqida Bo‘stonliqda o‘tgan seminarda maʼlum qilindi.

O‘zbekistonda smart issiqxonalar qurilishi mumkin

24–25 yanvar kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan 2025 yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan o‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirish, amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

 

Seminarda nutq so‘zlagan Aziz Abduhakimov Prezident tashabbusi bilan o‘rmonlarni asrab qolish borasida bir qancha ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini taʼkidladi. Biroq, shunga qaramay, sohada hamon ayrim kamchiliklar saqlanib qolayotganini tanqid ostiga oldi.

 

 

Jahon banki mutaxassisi Asferachyu Abate O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat tabiat muhofazasi, balki aholining turmush darajasini oshirish uchun ham ulkan imkoniyatlar yaratayotganini qayd etdi.

 

Seminarda KOISA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) tashabbusi bilan 2024–2028 yillarda amalga oshiriladigan loyihaga ham eʼtibor qaratildi. Loyihada smart texnologiyalar yordamida o‘rmonlarni qayta tiklash, 6 ta smart issiqxona qurish, 1,7 mln tup xandon pista ko‘chatlarini yetishtirish, 5 gektar maydonda pistachilik ilmiy-tadqiqot stansiyasi tashkil etish, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish, 5 gektar hududda maxsus daraxt ko‘chatxonalari barpo qilish, 50 gektar maydonda shaharlar uchun moslashtirilgan ko‘chatlar yetishtirish, 300 000 tup daraxt o‘stirish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan. KOISA mutaxassisi Yoon Taegseung loyiha ekologik muhitni yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilganini taʼkidladi.

 

 

FAO bosh texnik maslahatchisi Narimon Nishonov esa tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish loyihasi mamlakatimizning iqlim o‘zgarishiga moslashish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirilganligini aytib o‘tdi.

 

Taʼkidlash joizki, mazkur xalqaro loyihalar O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishda muhim hisoblanadi. Asosiysi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar ekologik barqarorlikni taʼminlash va iqtisodiyotda “yashil” loyihalar ulushining sezilarli ortishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 

Seminar yakunida kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, ishtirokchilarga tashakkurnoma va sertifikatlar topshirildi.

 

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"