Jahon

G‘azoda erkaklarning umr ko‘rish davomiyligi 38 yilga qisqardi

Bunga Isroil hujumlari sabab bo‘lgani aytilmoqda.

G‘azoda erkaklarning umr ko‘rish davomiyligi 38 yilga qisqardi

Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan keyin Isroil tomonidan G‘azo sektoriga berilgan zarbalar natijasida mahalliy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi keskin kamaygan.

 

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi 7 oktyabrdan keyingi o‘zgarishlarni tahlil qildi. Maʼlumotlar to‘liq emas, chunki bombardimonlar oqibatida baʼzi jasadlarni aniqlash yoki topish qiyin bo‘lgan. Shu sababli, mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki xil hisobot berdi.

 

Faqat shaxsi aniqlangan jasadlar asosida o‘rtacha umr davomiyligi 44,4 yilga tushdi, yaʼni 30 yillik pasayish kuzatildi. Bedarak yo‘qolganlarni ham hisobga olganda, bu ko‘rsatkich 36,1 yilgacha tushdi, bu esa 40 yilga qisqarish deganidir.

 

Jumladan, erkaklar uchun umr davomiyligi 38 yilga qisqarib, 73,6 yildan 35,6 yilga tushdi, ayollar uchun esa bu ko‘rsatkich 29,9 yilga pasaydi.

 

Tadqiqotda qayd etilishicha, 2023 yil oktyabr 2025 yil yanvar oralig‘ida G‘azo sektorida 45 936 nafar odam halok bo‘lgan, yana 10 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qolgan. Biroq olimlar faqat 41 615 o‘lim holatini tahlilga kiritgan, chunki tadqiqot 2024 yil sentyabrgacha bo‘lgan davr bilan cheklangan.

 

Komila Odilova tayyorladi

custom img

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

custom img

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"