Kitob o‘qigan onalarga kommunal to‘lovlar to‘lab beriladi
Andijonda noodatiy aksiya o‘tkazilmoqda.

Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev tashabbusi bilan 20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan onalar o‘rtasida “Maʼrifatli ona” kitobxonlik tanlovi o‘tkazilishi eʼlon qilindi.
Unga ko‘ra, uch nafar 1-o‘rin egalariga 6 oylik elektr, gaz, ichimlik suvi va boshqa turdagi kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi.
Uchta 2-o‘ringa 4 oylik kommunal to‘lovlarga vaucher, uchta 3-o‘ringa 2 oylik kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi.







