Jahon

Germaniyada migratsiyani cheklash tashabbusi maʼqullandi

Noqonuniy muhojirlarga nisbatan choralar kuchaytiriladi.

Germaniyada migratsiyani cheklash tashabbusi maʼqullandi

Germaniya parlamentida bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahslardan so‘ng, atigi uch ovoz farqi bilan noqonuniy muhojirlarga nisbatan keskin choralar ko‘rishni nazarda tutuvchi rezolyutsiya maʼqullandi.

 

Ushbu choralar doimiy chegara nazorati joriy etilishi, boshpana so‘rovlarini chegaradayoq rad etish imkoniyati va mamlakatni tark etish majburiyatini olgan xorijliklarni hibsga olishni o‘z ichiga oladi.

 

Hujjat konservativ XDI/XSI bloki tomonidan taklif qilingan bo‘lib, uni “Germaniya uchun muqobil” o‘ng populist va “Erkin demokratik” partiyalari deputatlari qo‘llab-quvvatladi. Biroq, “Sotsial-demokratlar” va “Yashillar” tashabbusga qarshi chiqdi. Ovoz berish jarayonidan oldin Germaniya kansleri Olaf Shols rezolyutsiyani qabul qilmaslikka chaqirgan edi.

 

Qabul qilingan rezolyutsiya federal hukumat va mahalliy hokimiyatlar uchun majburiy emas. Shu bilan birga, XDI/XSI blokining huquq-tartibot organlariga qo‘shimcha vakolatlar berishni ko‘zda tutuvchi boshqa tashabbusi yetarli qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lmadi.

custom img

Al-Aqso masjidiga 4 mingdan ortiq isroillik bostirib kirdi

Ularning orasida Itamar Ben-Gvir ham bo‘lgan. Isroilliklar Tisha B’Av bayrami munosabati bilan majmuga kirib, Talmud marosimlarini o‘tkazib, ibodat qilgan.

custom img

Kelishuv bo‘lmasa, yo‘qotishlar yanada kuchayadi — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, Tehron AQSh bilan kelishuvga erishmaguncha iqtisodiy va harbiy yo‘qotishlari ortishda davom etadi.

custom img

Qirg‘iziston Wildberries omborlariga hujumlardan so‘ng o‘z fuqarolariga ogohlantirish berdi

Hujumlarda zarar ko‘rgan omborlardagi qirg‘iz tadbirkorlariga tegishli mahsulotlar inventarizatsiya qilinmoqda.

custom img

Afg‘onistondagi suv toshqinlarida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida o‘nlab odamlar jarohatlangan, yana ko‘plab fuqarolar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Fransiyada rekord darajadagi jazirama oqibatida 5 764 kishi vafot etdi

Mutaxassislar bunday ko‘rsatkich 2003-yildan buyon kuzatilgan eng og‘ir issiq to‘lqinlaridan biri ekanini qayd etdi.

custom img

Peruda yong‘in oqibatida bir oilaning 10 a’zosi halok bo‘ldi

Marhumlarning yaqinlari fojiadan bir oy avval oilaga tovlamachilik tahdidlari bo‘lganini bildirib, yong‘in qasddan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

custom img

Eron hali AQSh bilan kelishuvga tayyor emas — Tramp

AQSh prezidenti Eron har safar muzokaralar vaqtida shartlarni o‘zgartirishga urinayotganini bildirib, bu jarayon tez orada yakunlanishiga ishonch bildirdi.

custom img

Epshteynga qizlar topishda gumonlangan shaxs Fransiyada o‘lik holda topildi

E'lon qilingan yozishmalarda Siad Epshteynga turli mamlakatlardan topilgan qizlarning yoshi, suratlari va boshqa ma'lumotlarini jo‘natib kelgani qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"