Jahon

Qozog‘istonda Ramazon oyi boshlanish sanasi aniq bo‘ldi

Diniy idora bu bo‘yicha jadvalni tasdiqlagan.

Qozog‘istonda Ramazon oyi boshlanish sanasi aniq bo‘ldi

Qozog‘iston Musulmonlari idorasi mamlakatda Ramazon oyining boshlanish sanasini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, 2025 yilgi Ramazon oyi 1 mart, shanba kunidan boshlanadi. 

 

Shuningdek, qadr kechasi esa 26-27 mart oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayiti esa 30 mart kuni nishonlanadi. Mamlakat Musulmonlari idorasi maʼlumotiga ko‘ra, bu yilgi Qurbon hayiti 6-8 iyun kunlari davom etadi.

 

“Hijriy oylarning boshlanishi xalqaro astronomik tadqiqot markazlari maʼlumotlariga asoslanadi. Fatvo mutaxassislari diniy bayramlarning aniq sanalari yangi oy munosabati bilan bir kunga yuqoriga yoki pastga siljishi mumkinligidan ogohlantirmoqda”, - deyiladi xabarda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"