Jahon

Xitoyda maxfiy harbiy markaz qurilmoqda

U Pentagondan 10 baravar katta bo‘lishi kutilmoqda.

Xitoyda maxfiy harbiy markaz qurilmoqda

Pekinning g‘arbiy qismida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining yangi harbiy qo‘mondonlik markazi – “Pekin harbiy shahri” barpo etilmoqda. Qurilish maydoni taxminan 607 gektarni tashkil etadi.

 

Asosiy qurilish ishlari 2024 yil o‘rtalarida boshlangan bo‘lib, bu loyiha Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining 2027 yildagi yuz yillik yubileyiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda. AQSH razvedka xizmatlari maʼlumotlariga ko‘ra, Xitoy rahbari Si Szinpin armiyani ushbu sanaga qadar Tayvanga hujum qilish salohiyatiga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

 

Manbalarga ko‘ra, yangi markazning keng ko‘lamli infratuzilmasi va qisman yer ostiga joylashtirilishi uni harbiy mojarolar davrida asosiy qo‘mondonlik punkti sifatida ishlatishga mo‘ljallanganidan dalolat beradi.

 

Xitoylik tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, obyekt maxfiy harbiy markaz belgilariga ega bo‘lib, mustahkamlangan beton konstruksiyalar va chuqur yerosti tunnellari bilan jihozlangan. Uning o‘lchami Pentagonnikidan deyarli o‘n barobar katta bo‘lib, bu Xitoyning harbiy qudratini oshirish borasidagi strategik maqsadlarini aks ettiradi.

 

Tayvan Mudofaa vazirligiga yaqin manbalar ham ushbu yangi qo‘mondonlik markazi qurilayotganini tasdiqlagan, biroq baʼzi mutaxassislar bu hududning yerosti bunkerlari uchun mos kelishiga shubha bilan qaramoqda.

 

Komila Odilova tayyorladi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Xitoyda maxfiy harbiy markaz qurilmoqda | Zamon.uz