O'zbekiston

2024 yilda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi

Eng yuqori pasayish Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

2024 yilda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 2024 yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi.

 

Unga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln kishi yoki 2023 yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).

 

Ushbu natija – Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangan.

 

Kambag‘allik darajasi eng yuqori pasayishlar:

 

Buxoro viloyatida - 11,8 foizdan 8,7 foizgacha;

Samarqand viloyatida - 10,5 foizdan 7,5 foizgacha;

Namangan viloyatida - 10,4 foizdan 7,6 foizgacha;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.

 

2024 yilda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga katta hissa qo‘shdi.

 

Buning natijasida 2024 yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln so‘m).

 

Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:

- ish haqi – 42,6 foiz (2023 yilda – 41,9 foiz);

- tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);

- pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);

- qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);

- xorijdan pul o‘tkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);

- boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etdi.

 

Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023 yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paydi.

custom img

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

custom img

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"