Shvetsiyadagi maktabda otishma yuz berdi
Oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi.

Fojia Erebru shahrida sodir bo‘lgan, uning sabablari o‘rganilmoqda. Politsiya o‘t ochgan shaxsning sheriklari borligini istisno qilmayapti, deya xabar beradi Aftonbladet.
Rasmiylar odamlarni otishma sodir bo‘lgan hududdan uzoqroq turishga chaqirgan.
Mamlakat bosh vaziri allaqachon buni Shvetsiya tarixidagi eng dahshatli ommaviy otishma deb atadi.







