Xitoyda 100 dan ortiq mashina avariyaga uchradi
Bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.

Xitoyning Xenan provinsiyasida yuzdan ortiq avtomobil ishtirokida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Mamlakat sharqidagi Xenan provinsiyasida yuzdan ortiq mashina avtohalokatga uchrab, yo‘lda yig‘ilib qolgan. Yo‘lda bo‘lgan barcha odamlar bu metall uyumining kengayib ketishining guvohi bo‘lishmoqda. Magistral yo‘lda o‘nlab metrlik tirbandlik hosil bo‘lgan.
Video izohlarda haydovchilar va yo‘lovchilar yaxshi ekanligi aytilgan. Hodisaga qalin tuman sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda, bundan tashqari, asfalt nam va sirpanchiq bo‘lganligi qo‘shimcha qilindi.







