Jahon

Pavel Durovning sud jarayoni kechiktirilmoqda

Hozircha biror kelishuv muhokama qilinayotgani yo‘q.

Pavel Durovning sud jarayoni kechiktirilmoqda

Telegram asoschisi Pavel Durovga qarshi Fransiyada ochilgan jinoyat ishi sudga kamida bir yil yoki undan ko‘proq vaqt o‘tmasdan topshirilmaydi. Bu haqda Fransiya prokuraturasi vakili Maylis de Rek maʼlum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha biror kelishuv muhokama qilinayotgani yo‘q.

 

Maʼlumotlarda Durovning Fransiyada qolib ketgani va Telegram messenjeri uning "ajralmas yetakchisi" almashtirilishini kutayotganini taʼkidlaydi. Fransiya huquq-tartibot idoralari Telegramning jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha so‘rovlariga javob bermagani sababli bir nechta tergovlar to‘xtab qolganini aniqlagach, Durovni hibsga olishga qaror qilishgan.

 

Fransiya politsiyasi 2013 yildan 2024 yilgacha Telegramga yuborilgan 2460 ta huquqiy so‘rov javobsiz qolganini qayd etgan. Telegramning sobiq hukumatlar bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Yuliya Konlining aytishicha, Durovni platformadagi barcha voqealar uchun javobgar qilish “noo‘rin” va u bunga "loyiq emas".

 

Pavel Durov 2024 yil 24 avgustda Parijdagi Le Burje aeroportida hibsga olingan. Unga uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq jinoyatlar, jumladan, giyohvand moddalar savdosi va bolalar pornografiyasini tarqatishda hamtovoqlik hamda organlarning so‘rovlariga maʼlumot bermaslik ayblovlari qo‘yilgan. Durov bir necha kundan so‘ng 5 million yevro garov evaziga ozod qilingan va politsiyada muntazam ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklangan. Shundan beri u Parijda qolmoqda. Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan dastlabki tergovda Durov so‘nggi olti oy ichida Telegram huquq-tartibot idoralari bilan faol hamkorlik qilganini va turli mamlakatlar hukumatlariga o‘n minglab foydalanuvchilarning maʼlumotlarini taqdim etganini aytgan.

 

Ushbu ish platforma egalari va rahbarlarining foydalanuvchilar tomonidan sodir etilgan noqonuniy harakatlar uchun javobgarligi masalasini ko‘taradi. Bu esa internetda so‘z erkinligi va xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni taʼminlash bo‘yicha muhim muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

 

Komila Odilova tayyorladi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Pavel Durovning sud jarayoni kechiktirilmoqda | Zamon.uz