Jahon

Avstraliyada uy hovlisidan 102 ta ilon topildi

Hozirda ular milliy parkka topshiradi.

Avstraliyada uy hovlisidan 102 ta ilon topildi

Sidneyda yashovchi Devid Shtayn o‘z hovlisida bir nechta ilonlarni ko‘rganidan so‘ng maxsus ovchilarga murojaat qilgan. Ilon ushlovchi Dilan Kuper bog‘dagi xazonlar orasidan 5 katta va 97 yangi tug‘ilgan, jami 102 ta ilonni olib chiqqan.

 

Mazkur ilonlar zaharli bo‘lib, urg‘ochilari tug‘ish uchun bir joyga to‘planadi. Bu holatdagi hayratlanarli narsa shundaki, ilonlarning birgalikda tug‘ilishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar bor.

 

Shtayn ilonlar ushlovchilarga vaqtida murojaat qilgan, chunki yangi tug‘ilgan ilonlar tezda atrofga tarqalib ketishi mumkin edi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, u dastlab olti ta ilonni ko‘rgan, keyin esa jarayonni ko‘rish qiziqarli bo‘lgani uchun, uni tomosha qilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"