Tramp Eron bilan “yadroviy bitim” tuzmoqchi
Kelishuv tafsilotlari hozircha ochiqlanmadi.

"Men buni jahannam kabi daxshatli bombardimonlardan afzal ko‘rgan bo‘lardim. Ular o‘lishni xohlamaydi. Hech kim o‘lishni istamaydi", — dedi AQSH prezidenti.
Shu bilan birga, Donald Tramp Eron bilan rejalashtirilayotgan kelishuv tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortdi.
"Men ularga nima demoqchi ekanligimni aytishim mumkin edi, umid qilamanki, ular hozir o‘ylayotgan rejalarini amalga oshirmaslikka qaror qilishadi. Menimcha, ular rostdan ham baxtli bo‘lishadi", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.







