Rossiya AQSH bilan muzokaralar olib bormoqda
Bu jarayon Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshirilyapti.

"Rossiya va AQSH tashqi siyosat idoralari o‘rtasida maʼlum aloqalar mavjud, tafsilotlarni oshkor qilishning hojati yo‘q, ammo jarayon davom etmoqda," — deya taʼkidladi Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov.
U Tramp va Putinning o‘zaro muloqotlari mavjud ekanligini tasdiqlamadi. Shuningdek, hozirda Rossiya va AQSH o‘rtasida oliy darajadagi aloqalar bo‘yicha hech qanday kelishuvlar yo‘qligini aytdi.
Avvalroq, Tramp tomonidan berilgan bayonotni, bir qator OAV Putin bilan muzokaralar o‘tkazilayotganining tasdig‘i sifatida talqin qilgan edi.
Ryabkov, shuningdek, "Tramp jamoasi AQSH va Rossiya o‘rtasidagi muloqotni qayta yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirayotganini, Moskva esa bunga tayyor ekanligini" qo‘shimcha qildi.







